Xush kelibsan, nafosat fasli

Bahor go‘zallik va nafosat fasli. Boychechaklar ochilib, maysalar erinibgina bosh ko‘taradigan fasl bu. Boboquyosh nurlari ila tabiatni uyg‘otadigan go‘zal manzara kashf etadigan go‘zallik ramzi bu. Bahor chog‘i maktabimiz hovlisi rango-rang gullar bilan to‘ladi. Biz o‘g‘il-qizlar yangilanishdan zavqu-shavq olamiz. Ilm maskanimizda ko‘klamni o‘zgacha kutib oldik. Yaqindagina onajonlarimiz, opa-singillarimiz bayramini o‘zgacha shodu xurramlik bilan nishonladik. Bayram shodiyonalari barcahada iliq taassurot qoldirdi. Unda sinfimizning iqtidorli o‘quvchilari she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etdilar.

Zilola MUHAMMEDOVA,
Namangan shahridagi 51-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi