Sinfimizning jajji malikalari

Sinfimizda jami 27 nafar o‘gil-qiz tahsil olamiz. Shundan 17 nafari qiz­lar. Balki shuning uchun bo‘lsa kerak, sinfimiz hamisha ozoda, saranjom-sarishta. Tengdosh dugonala­rimning har biri alohida iqtidor egasi. Yaqindagina maktabimizda o‘tkazilgan “Jajji malikalar” tanlovida ham sinfimizdagi 8 nafar dugona 4 ta shart asosida bellashdik. Tanishtiruv, savol-javob, gul yasash, erkin mavzu kabi bir-biridan qiziqarli shartlarni o‘z ichiga olgan tanlovda hammamiz astoydil g‘oliblik uchun kurashdik. Sinf rahbarimiz Donoxon Qurbonova tashabbusi bilan o‘tkazilgan bahs bilimlarimiz boyishiga xizmat qildi.

Muxlisa YAKUBJONOVA,
Namangan tumanidagi 4-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi