Murakkab, biroq qiziqarli

 Namangan shahridagi 2-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Matematika darslarida AKTdan foydalanish" mavzusida viloyat seminari bo`lib o`tdi.

Unda 5-"D" sinf o`quvchilari o`rtasida T. Ismanjonovning  matematika fani bo`yicha "Mantiqiy va qiziqarli masalalar", 5-"A" va 5-"B" sinf o`quvchilari o`rtasida Sh. Bositjonovning informatika fani bo`yicha "Kompyuterdagi kalkulatordan foydalanish", 7-sinf o`quvchilari o`rtasida O. Abdusattorovning algebra fani bo`yicha "Tenglamalar mavzusiga doir masalalar yechish" hamda 9-"A" sinf o`quvchilari o`rtasida "Kvadrat tengsizliklarni intervallar usulida yechishga doir masalalar yechish" mavzularidagi takomillashtirilgan ochiq darslari o`tkazildi.
- Matematika aniqlikni va mantiqiy fikrlashni o`rgatadi, - deydi 5-sinf o`quvchisi Shohjahon Tojiboyev. - Dars davomida "Zukkolar" va "Bilimdon" guruhlariga bo`lingan holda o`ylab, fikrlab qonuniyatni aniqlash, sonlarni tez noan'anaviy usullarga ko`paytirish kabi mantiqiy masalalarga javob topdik, bilmaganlarimizni ustozimizdan o`rgandik.
Shuningdek, iqtidorli o`quv-chilar tomonidan matematik tadbir ham tashkil etildi. Unda "Beruniy izdoshlari" hamda "Al-Xorazmiy" guruhlari o`zaro bellashdilar. Murakkab, shu bilan bir qatorda qiziqarli misol va masalalarga oson javob top-dilar.
 
Oydina HUSAINOVA