PREZIDENT ASARLARINI O’RGANAMIZ

 Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 2001-yildan beri umumta`lim maktablarining yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida "Prezident asarlarini o`rganamiz" tanlovi o`tkazib kelinmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad o`quvchi-yoshlarimizning Prezidentimiz asarlarini chuqur o'rganishi, ularda ilgari surilgan g'oyalar mohiyatini anglab yetishi, shuningdek, huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat.

Ko'rik-tanlovning Uychida bo'lib o'tgan tuman bosqichida jami 47 nafar o'quvchi huquqiy bilimlarini yana bir bor sinovdan o'tkazdilar. Tanlov Prezident asarlari bo`yicha referat test va savol-javoblar-dan iborat shartlarni qamrab ildi. Ishtirokchilarning ijodiy ishilari va bilimlari hay'at a'zolari tomonidan baholandi.
Tanlov yakuniga ko'ra 23-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Nozima Obilova 1-o'rinni egalladi. 2-o'rinni 37-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Matluba Izzatullayeva qo'lga kiritgan bo'lsa, 7-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Zilola Yoqubjanova 3-o'ringa loyiq deb topildi.
O'z muxbirimiz