TINCHLIK DARSI

9-may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan viloyatimizdagi barcha umum-ta'lim maktablarida "Tinchlik darsi" tashkil qilindi.
 1941 - 1945-yillar urush va mehnat fronti faxriylari, Qurolli Kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida o`tkazilgan mazkur darsda insoniyat  tinchligi uchun butun dunyo hamjamiyati bilan birgalikda harakat qilish lozimligi, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo`lida jonini qurbon qilganlarni hamisha yodda tutishimiz zarurligi va bu orqali tinchlikning buyuk ne'mat ekanligini anglash asosiy maqsad ekani o'quvchi-yoshlarga tushun-tirildi.
Qolaversa, ta'lim muassasalarida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, harbiylar, mehnat faxriylari, mahalla faollari va boshqa tegishli jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida dav-ra suhbatlari, ijodiy va xotira kechalari tashkil etildi.
o'z muxbirimiz