JAJJI SHAHMATCHILAR BAHSI

Insonning yetuklik va komillikka erishishida, zehni o'tkir bo'lishida shaxmatning ahamiyati katta. Shu bois ham yurtimizda farzandlarimizda jajji kichkintoylik chog'laridanoq sportning ushbu turiga qiziqish va mehr-muhabbat uyg'otishga yuksak e'tibor qaratilmoqda.
Axir shaxmat donalarini dadil surayotgan kichkintoy o'yin jarayonida mustaqil va erkin fikrlaydi, shu asnoda uning sportning ushbu turiga oshno bo'lishi bilan aql-idroki charx-lanib boradi. Sportning ushbu turi bo'yicha kichkintoylar o'rtasida tashkil etilayotgan musobaqalardan ko'zlangan maqsad ham aynan shunda.
Ana shu maqsadda tashkil etilgan shaxmat turnirining viloyat bosqichida tumanlarda bo'lib o'tgan musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan maktabgacha ta'lim muassasa-larining zehnli va bilimdon jajji sportchilari bahslashdilar. Turnir Namangan shahridagi 24-maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkazildi.
Ishtirokchilarning barchasi aql-zakovati, qobiliyati va iste'dodi bilan turnirga tashrif buyurganlarda katta taassurot qoldirdilar. Natijalarga ko'ra qizlar o'rtasida To'raqo'rg'on tumanidagi 29-MTM tarbiyalanuvchisi Zahro Abdul-ahadova 1-o'rin sohibi bo'ldi. Kosonsoy tumanidagi 11-MTM tarbiyalanuvchisi Shaxina Abdullatipovaga 2-o'rin, Namangan tumanidagi 13-MTM vakilasi Mohinabonu Hamidovaga esa 3-o'rin nasib etdi.
O'g'il bolalar o'rtasida 1-o'rinni Namangan shahridagi 6-MTM tarbiyalanuvchisi Farhod Ergashev egallagan bo'lsa, Uychi tumanidagi 37-MTM tarbiyalanuvchisi Abdullo Mutalliyev 2-o'rinni, To'raqo'rg'on tumanidagi 21-MTM tarbiyalanuvchisi Azizbek Nuriddinov 3-o'rinni qo'lga kiritdilar.
G'oliblar viloyat xalq ta'limi boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Maftuna REJABBOYEVA