KELAJAK KUTMOQDA ORZULAR BILAN

 25-may. Ilm maskanlaridan yangragan qo'ng'iroq ovozi yurakda paydo bo'lgan istaklar jarangi singari jonlanib borardi. Qo'ng'iroq jarangi yangi hayot sahifalari uzra peshvoz chiqayotgan bitiruv-chilarning oppoq orzulari, oydin yo'llariga guvoh bo'layotgan daqiqalarning bongi bilan uyg'unlashib ketdi. Chehrasidan quvonch va ertangi qadrdon maskanning sog'inchi sezilib turgan o'quvchilar bilan mana shu oniy lahzalar o'rtasida mushtaraklik bo'lib, so'nggi qo'ng'iroq jarangidan tutqich bermas umidlar parvozini, baxt shabadasiga yaqin bo'lgan inja tuyg'ular taftini sezish mumkin edi.
Namangan shahridagi 1-umumta'lim maktabiga kirib borar ekanmiz, atrofga o'zgacha ifor taratayotgan gullar, yam-yashil daraxtlar, shodiyona uchun bezatilgan joy, o'quvchilarning chehrasidagi beg'ubor quvonch, qo'yingki maskandagi obodlik ko'nglimizga ko'chdi. Beihtiyor, yuragimizga ham bayramona shukuh kirib keldi.
Dastavval O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi. Shundan so'ng viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi, Bahodir Yusupov so'zga chiqib, bitiruvchilarni qizg'in muborakbod etdi. Ularning kelajak hayotlarida, o`qish va izlanishlarida zafarlar tilab, bu yorug' kunlar uchun shukrona keltirishlarini alohida ta'kidlab o'tdi. Bolajonlarning bir-biridan quvnoq raqslari, qo'shiqlari tadbirning ko'tarinki ruhda davom etishini ta'minladi. "Zamonaviy bilimlar bilan zamonaviy kasb-hunarga ega bo'lamiz" shiori ostida tashkil etilgan tantanada bitiruvchilarni ta'limning keyingi bosqichiga to'liq qamrab olish va bunda mahalla fuqarolar yig'inlari faollari, faxriy o'qituvchilar, ota-onalar, maktabning sobiq bitiruvchilari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, o'z qobiliyati va iqtidori bilan bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasi, turli sport musobaqalarida yuqori o'rinlarni egallab, ustozlari va ota-onalar ishonchini oqlagan o'quvchilar alohida taqdirlandi. Jumladan, "Eng ibratli o'quvchi", "Eng faol o'quvchi", "Ijodkor o'quvchi", "Yosh ixtirochi", "Maktabimiz faxri", "Sport ustasi", "Kompyuter ustasi", "Eng orasta qiz" kabi qator nominatsiyalar bo'yicha iqtidorli va namunali o'quvchilar aniqlanib ularga esdalik sovg'alari taqdim etildi.
1718 nafar o'quvchini o'z bag'riga olgan ushbu maskanda 2014 - 2015-o'quv yilida jami 182 ta bitiruvchilar kollej hamda akademik litseylar tomon yo'l olmoqdalar. Ularning yagona maqsadi mak-tabda olgan bilimlarini yanada mustahkam-lab, kelajakda Vata-nimiz ravnaqi yo'lida o'ziga xos yangi-liklar yaratish, o'z kashfiyotlari, ijod-korligi, bilim salo-hiyati bilan jamiyatda munosib o'rin to-pishdir.
- Men Naman-gan davlat uni-versiteti qoshi-dagi 2-akademik litseyda tahsil olib, o'zim orzu qilgan sohani mukammal egallash niyatidaman. Buning uchun muntazam intilishim, ustozlarim beradigan saboqni puxta egallashim va aslo chekinmasligim darkor, - deydi bitiruvchi Nazokat Najmiddinova.
Nazokat singari talabchan o'quvchilarning intilishlari ularning orzulariga qo'shqanot bo'ladi degan umiddamiz.
Qo'ng'iroq jarangi yillar davomida ezgu istak ila birlashgan dillarni yanada yorug` va nurli manzillarga chorlamog`i tayin.
Bugun yurtimizdagi barcha umumta`lim maktablarining 9-sinfini tamomlab, yangi hayot ostonasi tomon odimlayotgan 483 ming bitiruvchilarimizga oq yo'l tilaymiz.

Maftuna REJABBOYEVA