ORZULAR BESHIGI

 Biz bolalarning orzu-umidlarga to`lib-toshgan o`z olamimiz, osmonimiz bor. Bunda bolalikning yulduzlari o'zgacha porlaydi.  Bu yulduzlar shunchaki yulduzlar emas, umid yulduzlari, parvozga chog`langan istaklar yulduzi.

Quyoshi esa to'g'ridan-tog'ri yuragimizga nur sochadi. Biz ana shu nur taftida voyaga yetmoqdamiz. Havasingiz kelyaptimi? Axir sizning ham meningdek keng, beg'ubor osmoningiz borku-a? U qanday atalishini bilasizmi? Ha u chindan ham OILA. U hosili bitmas tuganmas bog'ga o'xshaydi. Bu bo`stonning ikki azim chinori bor. Ular ota-onamizdir. Biz farzandlar shu bog'ning mitti chechaklarimiz. Vatan ichra vatandir oila. U ezguliklar beshigidir. Men shu bog'ning shirin mevasi yoinki kichik niholiman. Bir kun kelib katta, baquvvat daraxtga aylanaman. Hozir yuksak orzular sari parvozga shaylanganman.
 
      Xolmirza Abdumajidov,

                           Namangan shahridagi 35-umumta'lim maktabining 7-sinf o'quvchisi