BILIM VA KASB-HUNAR BILAN

 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ta'lim to'g'risidagi qonuni", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda 109- sonli "Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o'rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qabul qilish va rasmiy-lashtirishni tashkil etish tartibi to'g'risida"gi Nizomning bajarilishi borasida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan ham 9-sinf bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga to'liq qamrab olish, ularning ongli va mustaqil kasb tanlashlariga imkon yaratish maqsadida keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.

Viloyatdagi kasb-hunar kollejlari hamda tuman va shaharlardagi umumta'lim maktab-larida o'tkazilgan "Kasblar festivali", "Ochiq eshiklar" kuni doirasida o'quvchilar va ularning ota-onalariga bukletlar, videoroliklar, prezen-tatsiyalar namoyish etildi.
9-sinf bitiruvchilarining o'z tumani va viloyatdagi hamda respublikamizdagi qaysi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida qanday yo'nalish va mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim olishga  xohish-istagini aniqlash uchun so'rovnomalar o'tkazildi.
Unga ko'ra  - 4599  nafar bitiruvchi akade-mik litseylarga,   34785 nafari esa viloyat va viloyatdan tashqari kasb-hunar kollejlarida o'qish istagini bildirdilar.
 
Mahmuda NAMATOVA,

Respublika tashxis markazining Namangan viloyatidagi hududiy vakili