MA`NAVIYAT – KOMILLIK MEZONI

 Prezidentimizning 2006-yil 25-avgustdagi "Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to'g'risida"gi PQ-451-sonli Qarori hamda xalq ta'limi vazirligi tomonidan ushbu yo'nalishda joriy etilgan me'yoriy hujjatlar ijrosini ta'minlash hamda ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida viloyat "Barkamol avlod" markazida "Yilning eng faol ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari" Respublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda birinchi bosqichda g'olib bo'lib kamida 3 yillik ish tajribasiga va jamoa o'rtasida obro'ga ega, maktabda o'qituv-chilar va o'quvchilar o'rtasida sog'lom muhitni yarata olgan, keyingi uch yil davomida muayyan natijalarga erishgan o'z kasbining fidoyisi, yetakchi, faol, tashabbuskor va ijodkor ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari o'zlarining "Mening g'oyam" mavzusidagi konseptual loyihalari, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mavzuni yoritib berish kabi shartlar bo`yicha o'zaro bellashdilar. Ko'rik-tanlov yakuniga ko'ra 3-o'ringa Chust tumanidagi 14-umumta'lim maktabining direktor o`rin-bosari Husanboy Komilov loyiq deb topilgan bo'lsa, Uychi tumanidagi 13-umumta'lim maktabining direktor o`rin-bosari Muqaddas Karimovaga 2-o'rin nasib etdi. 1-o'rinni To'raqo'rg'on tumanidagi 10-umumta'lim maktabi direktori o`rinbosari Qobiljon Umarov egallab, tanlovning Respublika bosqichiga yo'l oldi.

O'z muxbirimiz