KOMILLIK SARI INTELLEKTUAL SALOHIYAT BILAN

Bugungi kunda butun dunyo miqyosida taraqqiyot jarayonlari shiddat bilan kechmoqda. Ana shunday bir paytda, tabiiyki, yurtimizning yuksalish yo`lidagi odimlari va ravnaqini ham globallashuv jarayonlaridan ayro tasavvur qilish mumkin emas. Chunki bugungi davr o`z nomi bilan taraqqiyot zamoni, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asridir.
Ana shunday zamon shiddatiga hamohang ta'lim taraq-qiyotiga yuksak e'tibor qaratilayotgan bugungi kunda yoshlar va media savodxonlik masalasi tobora dolzarblik kasb etmoqda.
Zotan, bugun barcha sohalar qatori ta'lim-tarbiya tizimida ham media aloqa vositalari kirib bormagan jabhaning o`zi yo`q. Shu jihatdan olganda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyatimizda tashkil etilgan ikki kunlik ilmiy-amaliy seminar bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo`lgan "Globallashuv sharoitida yoshlarning media savodxonligini oshirish" mavzuiga bag`ishlandi.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi "O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorida ham mazkur masalaga alohida e'tibor qaratilgan. Boisi, bugungi globallashuv sharoitida o`g`il-qizlarimizning kamoli, orzu-intilishlari, qiziqishlari axborot zamoni va makoni bilan uyg`un ravishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan hamnafas kechayotgan ekan, media olamdan to`g`ri, oqilona va samarali foydalanishlari, zararli axborotlar va g`oyalar ularning dunyoqarashi va tarbiyasiga ta'sir etmasligi muhim.
Prezidentimizning mazkur qarori hamda "O`zbekiston Respublikasida 2015-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qara-tilgan qo`shimcha chora-tadbirlar das-turi"da belgilangan vazifalar asosidagi Respublika ilmiy-amaliy seminari ana shunday dolzarb masalalarni qamrab oldi.
Tadbir avvalida so`z olgan Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi B. Yusupov, Xalq ta'limi vazirining o`rinbosari D. Kenjaev mamlakatimizda yosh avlod hayoti va kamoliga bo`lgan e'tibor, ularning yetuk ma'naviyatli, bilimli va intellektual salohiyatli ulg`ayishlari yo`lida ko`rsatilayotgan g`amxo`rliklar, farzandlarimizni yot g`oyalar, axborot xurujlari va past saviyali "ommaviy madaniyat"ning salbiy ta'siridan asrash borasidagi sa'y-harakatlarga to`xtalib o`tdilar.
Ta'kidlandiki, globallashuv jarayonlarida internet kirib bor-magan, media olam bilan chambarchas bog`liq bo`lmagan sohaning o`zi yo`q. Jumladan, o`g`il-qizlarimizning ta'lim-tarbiyasi, yetuk kamoli ham axborot vositalari, kommunikat-siya texnologiyalari, xususan, internet bilan uyg`un. Hamma gap ularning ushbu vositalardan va internetdan qanday va qay maqsadda foydalanishlarida.
Bu borada kutilgan natijaga erishish uchun yoshlarimizning media savodxon-ligini oshirishni, ularda mediaimmunitetni shakllantirishni bugungi shiddatkor zamon talab etmoqda.
Seminarning dastlabki kuni ishtirok-chilarga "Xalq ta'limi tizimida media ta'limni tashkil etish va rivojlantirish", "Globallashuv sharoitida yoshlarni axborot xurujlaridan asrash", "Maktab o`quvchilarida mediaim-munitetni shakllantirish", "Ma'naviy tahdid-larga qarshi kurashishda yoshlarda internet madaniyatini rivojlantirish", "O`rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimi ta'lim oluvchilarida mediakompetentlikni shakllantirish", "Ilmiy-pedagogik va o`quv-metodik nashrlarda axborot tahdidlarini oldini olishning konseptual yo`nalishlari", "Glo-ballashuv sharoitida o`quvchilar media-madaniyatini oshi-rish" kabi dolzarb mavzulardagi ma'-ruzalar havola etil-di.
Namoyish etil-gan videorolik, ma'ruzalar va munozara-lar, fikr-mulohazalar almashish jarayonida yosh avlod ta'lim-tarbi-yasi va kamoliga daxldor sohalar vakillari, ustoz-muallimlar bu boradagi bilim-ko`nikma va mala-kalarini oshirdilar.
"XXI asr - axborot texno-logiyalari asri", "Media savodxonlik bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar", "Yangi adabiyotlar namoyishi", "Mediateka burchagi" kabi ko`plab mavzularni qamrab olgan ko`rgazmalar esa yoshlar kamoli, mediata'lim va savodxonlik, axborot xurujlariga qarshi ma'naviy yetuklik bilan kurashish borasidagi bilim va tasavvurlar yanada boyishiga xizmat qildi.
Tadbirning ikkinchi kuni sho`'ba yig`ilishlari bilan yanada mazmundorlik kasb etdi.
Namangan shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 11-sonli umumta'lim maktabi, Namangan Davlat universiteti hamda NamDU qoshidagi 2-Akademik litseyida tashkil etilgan sho`'ba yig`ilishlarida ham mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ustoz-muallimlar, soha xodimlari ishtirok etdilar. Jarayonlar globallashuv sharoitida media vositalarning hayotimizdagi roli, ayniqsa, mazkur vositalar yoshlar hayotiga tobora keng kirib borayotgan ayni paytda ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish, yoshlarni axborot xurujlaridan asrash, axborot kommunikatsiya texnologiyalari ular hayoti va kamoliga faqat va faqat ijobiy ta'sir etishiga erishish kabi dolzarb masalalardagi amaliy jarayonlar musho-hadalar, mulohazalar bilan kechdi.
- Ilmiy-amaliy seminar bugungi kunning eng muhim, dolzarb masa-lalaridan birini qamrab olganligi bilan yuksak ahamiyatga ega, - deydi Res-publika Ta'lim markazi direktori o`rin-bosari Mehriniso Pardayeva. - O`quv-chilarda media savodxonlik ko`nikmalarini shakllantirish, ularni mediavositalardan taqdim etilayotgan axborotdan to`g`ri foydalanishga o`rgatish, yoshlarda milliy mentalitetimizga yot bo`lgan xurujlardan himoyalanish immunitetini shakllantirish, uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida mediata'lim vositalaridan samarali foydalanish asosida ta'lim sifati va samaradorligiga erishishga oid ma'ruzalar ishtirokchilarga yosh avlod kamoli yo`lidagi amaliy faoliyatlarida ko`mak berishi, shubhasiz.
- Darhaqiqat, seminar faoliyatimizda muhim bo`lgan bilim va ko`nikmalarni berdi, - deydi Xorazm viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi ta'lim markazi rahbari Bahodir Qo`chqarov. - Zero, gap kelajagimiz haqida, ertamiz egalari kamoli borasida ketar ekan, bu borada globallashuv jarayonlari va unda media olamning roli, ayniqsa, yosh avlodning qiziqishlarini to`g`ri va oqilona yo`naltirgan holda mustaqil diyorimizning ertangi kuniga har jihatdan munosib bilimli, tarbiyali, ma'naviyatli, intellektual salohiyatli insonlar sifatida kamol toptirish zarur va shart. Bu borada esa, nafaqat ta'lim muassasalari, balki oila, ota-ona, mahalla va keng jamoatchilikning roli ham muhim.
Ikki kun davom etgan ilmiy-amaliy seminar yakunlariga bag`ishlangan yalpi majlis yig`ilishida globallashuv sharoitida yoshlarning media savodxonligini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga media vositalardan foydalanishning ilg`or va samarali usullarini joriy etish borasidagi aniq taklif va tavsiyalar o`rtaga tashlandi.
Yoshlar istiqboli va kamoliga daxldor ilmiy-amaliy seminarda o`z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari bilan faol ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi-lar.

Mardonbek ESONBOYEV

 


Maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablardan toki o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari, oliy o`quv dargohlarigacha ta'lim-tarbiya jarayonlarida yoshlarimiz kamolini axborot zamoni va makonidan, demakki, media axborot vositalaridan ayro tasavvur etib bo`lmas ekan, hamma gap o`g`il-qizlarimizning mazkur vositalardan foydalanish borasidagi tushunchalarini, bilim va ko`nikmalarini shakllantirib borishda. Bu muhim va kechiktirib bo`lmaydigan vazifa global tarmoq hisoblangan internetning afzal jihatlaridan oqilona va samarali foydalanish, uning zararli ta'sirlari va salbiy jihatlari, ya'ni axborot xurujlaridan farzandlarimizni himoya qilish kabilardan iboratdir.


Ta'kidlash joizki, taraqqiyot va axborot asri, deya e'tirof etilayotgan XXI asrda shiddatkorlik va tezkorlikka hamohang ta'lim sifati va samaradorlik, yosh avlodning yetuk kamoliga erishishda media vositalar: televideniye, radio, kommunikatsiya texnologiyalari, ayniqsa, internet muhim ahamiyatga ega.