MUSTAQILLIK DARSI

Yangi o`quv yilining dastlabki kuni Prezidentimizning "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to'rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida butun yurtimizda bo`lganidek viloyatimizdagi barcha umumta'lim maktablarida "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O'zbekistonim!" shiori ostida mustaqillik darslari tashkil qilinadi.
Mazkur darslarda mustaqillikning 24 yili davomida yurtimizdagi barqaror, tinch va osuda hayot, jamiyatimizdagi o'zaro hurmat, mehr-oqibat va bag'rikenglik kabi olijanob fazilatlarni, "Biz kecha kim edigu, bugun kim bo'ldik?" degan hayotiy haqiqatni asosiy va bosh g'oya sifatida dars jarayonida davra suhbati orqali har bir o'quvchiga batafsil tushuntiriladi.
Shuningdek, ushbu darsda o'quvchi-yoshlarga respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilayotgani aniq misollar bilan ko'rsatib berilishi ko'zda tutilgan.