OLTIN KUZ

Kuz - oltin fasl. Chunki bu faslda daraxtlar sariq, zarg'aldoq rangga burkana-di. Yaproqlar erinib yerga qo'nadilar. Ariqdagi suvlar qo'shiq hirgoyi qilib, bobodehqonning hosilni zavq bilan yig'ib olishini kuzatadilar.
Bog'-rog'lar, paykallar shirindan-shakar mevalarga, sabzavotlarga to'ladi.
Barchaning yuzidagi xushnudlik qip-qizil olmaning savatda yarashib turganini eslatadi. Zaminga to'kin-sochinlik ulashayotgan kuz faslining jozibasi o'zgacha ilhom bag'ishlab, qo'lingga qalam tutqazadi:
Kuz, yaproqlar shivirlar subhidam,
Xotiram qatida izlari.
Mehmonga chaqirmish oltin kuz,
Barcha fasllarning qizlarin.

 

Xurshida MIRZAJONOVA,
Chortoq tumanidagi 53-DIUMning 3-sinf o'quvchisi
O`rta Osiyoda eng yirik