YANGI YILGA YANGI UMIDLAR BILAN

Bolaligimdan kuy-qo'shiq jonu dilim. Maftunkor navolar taralganda ularga jo'r bo'lib, raqs tushardim. Qiziqishlarimni ilg'agan onajonim 11-BMSMga olib kelganlar. Bu yerda ustozim Nigora Xo'jayeva raqs sirlarini o'rgatdilar. 2015-yil menga juda omadli keldi. Boisi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilgan "Vivat-talant" VIII xalqaro tanlovida "Milliy raqslarimiz termasi" hamda "Andijon polkasi"ni ijro etib, Koreya, Hindiston, Belarus, Bolgariya, Ozarbayjon singari 88 ta davlat vakillari orasida 1-o'rinni egalladim.
Yangi 2016-yilda bundan-da katta yutuqlarga eri-shishga astoydil intilish barobarida barcha teng-doshlarimni ham yuksak marralarni ko'zlab odimlashga undayman.
Qo`lga kiritilgan va kelgusidagi yuksak muvaf-faqiyatlarimiz, albatta, Vatanimizning tinchligi hamda shu zamin bag`rida kamol topa-yotgan iqtidorli, iste`dodli o`g`il-qizlarga berilayotgan cheksiz imkoniyatlar nati-jasidir. Bunday g`amxo`rliklar uchun o`zim kabi yurtimizning barcha yoshlari nomidan Yurtboshimizga rahmat aytaman.

Guljahon ABDUQAHHOROVA,
Namangan shahridagi 1-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi