YANGI MAVSUM TARADDUDI

Sport maktablari va majmualari bugun har qachongidan gavjum. Biz o`quvchilar bo`sh vaqtimizni ko`proq mashg`ulotlar va musobaqalarga bag`ishlayapmiz. Men ham darsdan bo`sh vaqtimda Yangiqo`rg`on tumanidagi 21-bo-lalar va o`smirlar sport maktabida ustozim Abror Tojimirzayevdan og`ir atletika sir-asrorlarini o`rgan-yapman. Tanlagan yo`nalishim bir qarashda murakkab tuyulsa-da, aslida juda qiziq. Qolaversa, mak-tabimizda stol tennisi, belbog`li kurash, futbol, voleybol, shaxmat, dzyudo, badiiy gimnastika bilan shug`ullanayotgan 800 nafarga yaqin do`stlarim bor. Ular ham mavsumning dastlabki bellashuvlariga tayyorgarlik ko`rishmoqda. Yaqinda sport maktabimizda nomdor chempionlar ishtirokida mahorat saboqlari tashkil etildi. Mashg`ulotda taniqli sportchi, og`ir atletika bo`yicha qator xalqaro turnirlar g`olibi, 2014-yilda Xitoyning Nankin shahrida bo`lib o`tgan o`smirlar o`rtasidagi 2-olimpiya o`yinlari bronza medali sohibi Adham Ergashev ishtirok etgani menda ulkan taassurot qoldirdi.
Suhbat chog`ida do`stlarim bilan sport ustasiga o`zimizni qiziqtirgan juda ko`p savollarni berdik. U esa bo`lg`usi chempionlar nimalarga ko`proq e'tibor qaratishi lozimligi, mashg`ulot vaqtida qanday harakat qilish, salomatlikni mustahkamlash, irodani toblash haqida gapirib berdi.
Joriy yilda Braziliyada bo`lib o`tadigan yozgi olimpiya o`yinlarida ishtirok etish uchun Adham Ergashev zarur ochkolar uchun kurashayotganini aytganida biz qarsaklar bilan olqishladik. Cho`qqilar sari dadil intilayotgan og`ir atleti-kachimizning ta'kidlashicha, yaqinda AQShda bo`lib o`tgan saralash bosqi-chida 98 ta mamlakat vakillari orasida eng yosh ishtirokchi sifatida 60 kilog-ramm vazn toifasida 6 ta urinishning barini muvaffaqiyatli yakunlab, milliy terma jamoamizga zarur ochkolarni taqdim etibdi. Biz unga olimpiya o`yinlari yo`llanmasi uchun navbatdagi bahslarda omad tiladik. Suhbatdan so`ng maktabimiz faxri sport ustasi sifatida turli mashqlarni, ularni bajarish usullarini ko`rsatib berdi.

 

Ma'murjon TOSHTEMIROV,
Yangiqo`rg`on tumanidagi 22-umumta'lim maktabining 9-sinf o`quvchisi