TOPQIRLIK va ZUKKOLIK BAHSI

Aziz o'quvchi-yoshlar, qadrli bolajonlar!
Yangi yilni ham biz bilan birga qarshi olganingizdan juda-juda mamnunmiz.
O'z navbatida, biz ijodkorlar sevimli nashringizning yanada qiziqarli va sermazmun, sizga manzur bo'lishiga erishish yo'lida izlanishdamiz.
Shuning uchun ham sizlarni yanada topqirlikka undab, aql-zakovatingizni charxlash maqsadida ajovib zakovat bahsiga chorlamoqchimiz.
Ishonamizki, yil davomida Sizga taqdim etib boriladigan qiziqarli savollar, ajoyib topishmoqlar, boshqotirmalar, rang-barang skanvordu krossvordlar ilmu iqtidoringiz yuksalishiga xizmat qiladi.
Qolaversa, siz bilimingizni sinash barobarida "Bolalar dunyosi"ning tuhfasiga ham ega bo'lisingiz mumkin. Topqirlik bahsida faol ishtirok etib, eng birinchi bo'lib, to'g'ri javob yo'llagan bilimdonlarni har oyda, ya`ni ikkita son natijalari bo'yicha o'zbek va jahon bolalar adabiyotining eng yaxshi namumalari, o'quv qurollari, sport anjomlari va kiyimlari, xullas turli sovg'alar bilan taqdirlab boramiz.
Javoblaringizni tahririyatimizga pochta orqali yoki elektron pochta manzilimizga yo'llashingiz mumkin.
Shunday qilib, dastlabki bahsga marhamat.

 

1-savol: O'rgimchaklarni o'rganuvchi fan?
2-savol: Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchisi kim?
3-savol: Rim raqamidagi MMMCCLXXVIII sonini arab raqamiga o'giring.
4-savol: Qadimda Lyutetsiya deb nomlangan shahar qaysi?
5-savol: Neptun sayyorasini kashf etgan olim?