Kitob bizning do’stimiz

Hayotda insonning do'stlari ko'p. Ammo kitob barchasidan ham yaqin do'stimiz. Bizning ta'lim dargohimizda kitobsevar o'quvchilar judayam ko'p. Darsdan bo'sh vaqtlarimizda o'zimiz yoqtirgan kitoblarni mutolaa qilamiz. Ilm maskanimizda ustozimiz Muhayyo Akramova tashabbusi bilan "Kitobxonlar kuni"ni o'tkazdik. Unda ota-onalarimiz barchamizga sevimli adiblarimizning asarlaridan sovg'a qildilar. Endilikda esa tengdoshlarimiz bilan sovg'a qilingan kitoblarni almashtirib o'qiyapmiz. Bu bilan ham bilimimizni oshiryapmiz, ham dunyoqarashimizni o'stiryapmiz. Kitoblar bilan yanada yaqinroq do'stlashayotganimizdan xursandmiz.

Islomjon NIZOMIDDINOV,
Namangan shahridagi 2-DIMIning 5-sinf o'quvchisi