Ingliz tili bilimdoni

Biz kabi o'quvchi yoshlarning chet tillarini, xususan, ingliz tilini mukammal o'rganishimiz, qolaversa, o'z iqtidor va salohiyatimizni namoyon etishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Namangan shahar "Barkamol avlod" bolalar markazida tashkil etilgan "Ingliz tili bilimdonlari" intellektual musobaqasining viloyat bosqichi ham o'z ustimizda yanada ko'proq ishlashimizga, tengdoshlarimiz bi-lan do'stlashib fikr almashishimizda muhim ahamiyat kasb etdi. Uch bosqichni qamrab olgan tanlovda Namangan shahri jamoasi go'liblikni qo'lga kiritdi va respublika bosqichi yo'llanmasini oldi. 2-o'rin Mingbuloq tumani jamoasiga nasib etgan bo'lsa, Uch-qo'rg'on tumani jamoasi o'quvchilari 3-o'ringa loyiq deb topildi.

 

Sayyora ABDUXALILOVA,
Pop tumanidagi 67-umumta'lim maktabining 7-sinf o'quvchisi