DUNYO BILAN BO`YLASHMOQ UCHUN

Mamlakatimiz taraqqiyot sari dadil odimlab bormoqda.

Taraqqiyotning asosiy shartlaridan biri esa, dunyo bilan bo`ylashmoq, rivojlangan davlatlar bilan mustahkam hamkorlik o`rnatish, ulardagi eng ilg`or tajribalar, an'analarni o`rganmoq. O`z hayot tarzingni, qadriyatlaringni olamga namoyon etmoqdir.

Bu borada esa jahon tillarini o`rganish mu-him ahamiyatga ega.

Shuning uchun ham jahonga chiqish, hech kimdan kam bo`lmagan holda barcha sohalarda dunyo mamlakatlari bilan bellashish, bahslashish,  odimlarimizni, yutuq va muvaffa-qiyatlarimizni kurrai zaminga ko`rsatish maqsadida yurtimizda chet tillarni o`rganishga yuksak e'tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning  2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan "Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori ana shu maqsad yo`lidagi dadil odimlardan biri bo`ldi.

Ma'lumki, ushbu qarorda o`g`il-qizlarimizga bolalik davridanoq, hatto maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab chet tillarni o`rgatib borish bilan bog`liq aniq chora-tadbirlar belgi-langan, ayni paytda barcha qulay shart-sha-roitlar ham yaratilgan.

Namangan tumanidagi 34-umumta'lim maktabida ana shunday e'tibor va imkoniyat-lardan ruhlangan holda mazkur qaror ijrosini ta'minlash yo`lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

955 nafar  o`quvchi ta'lim-tarbiya olayotgan ilm dargohida chet tili darslari interfaol usullarda videoproektorlar, zamonaviy axborot texnolo-giyalari, ko`rgazmali vositalardan samarali foydalangan holda  o`tilmoqda. Zamonaviy fan, kompyuter xonalari, sport zali, kutub-xona o`quvchilar xizmatida.Ra'noxon Boy-dedayeva, Mohira Rahimova, Yulduzxon Qo`ldasheva, Feruza Nuriddinova, Shahlo Xayitova singari o`qituvchilar bir-birlaridan o`rganib, tajriba almashib, mahorat bobida bahslashib, saboqlarni tashkil etishayotgani yaxshi samara bermoqda. Ular qo`shiqlar, rasmlar, turli qiziqarli o`yin va quvnoq mult-filmlar vositasida dars o`tishmoqdaki, bu o`quvchilarning chet tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishini orttirib, saboqlarni tez va mu-kammal o`zlashtirishida qo`l kelmoqda. 

- Yurtimizda yosh avlodning xorijiy tillarni puxta o`rganishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, - deydi maktabning ingliz tili fani o`qituvchisi Yulduzxon Qo`ldasheva. - Bu "Til bilmoq - el bilmoq", degan iboraning hayotiy ifodasidir. Bunday yuksak e'tibor, kelajak avlodga ko`rsatilayotgan g`amxo`r-liklar biz muallimlarni farzandlarimizni dunyo bilan bo`ylasha oladigan, bilimli, intellektual salohiyatli insonlar sifatida kamol toptirishga ruhlantirmoqda.

 

O`z muxbirimiz