AMALIYOT VA XALQARO HAMKORLIK

Bolalar haqida g'amxo'rlik, ularga mehr va e'tibor ko'rsatish mamlakatimizda yuksak ahamiyat kasb etgan. Buning ifodasini alohida ehtiyojli bolalar kamoli va ularning ta'lim-tarbiyasi borasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, keng qamrovli chora-tadbirlarda ham yaqqol ko'rish mumkin.
Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuv markazi tomonidan tashkil etilgan "O'zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar bilan inklyuziv ta'lim" loyihasi doirasidagi seminar-treninglar ham mazkur dolzarb masalaga bag'ishlandi.
To`rt kun davom etgan anjuman doirasidagi tadbirlarda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridagi maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarining psixologlari, defektologlar, inklyuziv ta'lim bo'yicha mutaxassislar ishtirok etdilar. Ular alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlash, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, ta'lim olish muhiti, o'qitish va o'qish strategiyalari borasida bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar. Bolalar bilan ishlashga alohida yondashuv, bu borada ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati yuza-sidan tajribalar almashildi.
Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuv markazi direktorining o'rinbosari, professor Lola Mo'minova, xalqaro ekspertlar Mudite Reygase, Regina Sabalyauskiene bolalarni har jihatdan qo'llab-quvvatlash, ularni aqlan va jismonan rivojlantirishning o'ziga xos jihatlari, induvidual ta'lim rejasini ishlab chiqish va amaliyot bilan bog'liq ma-salalarda trening mashg'ulotlar olib bordilar.
Loyiha ishtirokchilarning bu borada zarur bilim va ko'nikmaga ega bo'lishlarida, o'zaro tajriba, fikr-mulohaza almashishlarida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

 

Maftuna REJABBOYEVA