DUNYONI O`RGANAMIZ izlanib, intilamiz

Daryolar, ko`llar, dengizlar, chek-chegarasiz okeanlar qanchalar maftunkor. Turli qit'alar va materiklarning turfa xil tabiatiyu, bir-biridan o`zgacha hayot tarzi haqida bilish yanada maroqli.
Yer sharining geografik xaritasi, globus va rang-barang ko`rgazmalar bizga butun sayyoramiz hayoti haqida so`zlaydi.
Ustozimiz saboqlaridan so`ng savol-javoblar asosida bir-birimizdan o`rganamiz - o`rgatamiz. Xullas, geografiya eng qiziqarli, eng ajoyib fan.
Shu bois ham “Geografiya fani oyligi” doirasida o`tilayotgan darslar, geografik diktant, interfaol mashg`ulotlar, bahslarda faol ishtirok etyapmiz.
Ushbu tadbirlarni ham qiziqarli, ham mazmunga boy tarzda tashkil etayotgan geografiya o`qituvchimiz Dilfuza Nazarova hamda barcha ustozlarimiz bilimlarimiz boyib, tafakkur cho`qqilarini zabt etishga undamoqdalar.

Ruhshona ERGASHEVA,
Namangan tumanidagi 23-umumta'lim maktabining 6-sinf o`quvchisi