TAFAKKUR QUYOSHI

Yurtboshimiz "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida Alisher Navoiy haqida: "Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolar-ning avliyosi, mu-tafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri sho-ir desak, shoir-larning sul-tonidir" deydi.

Har yili 9-fevral buyuk mutafakkir tavallud sanasi katta shodiyonalar bilan nishonlanadi. 21-umumta'lim maktabida shu munosabat bilan adabiy-musiqiy kompozisiya o`tkazildi.

Avvalo, sinflar o`rtasida devoriy gazetalar, albom, buklet va rasmlar tanlovlari tashkil etildi.

Kechaga maktabning barcha o`quvchi va o`qituvchilari qatnashishdi.

Ulug` shoirning g`azal va ruboiylari, hik-matli so`zlaridan, shuningdek, zamonamiz shoir va yozuvchilarining she'r va asarlaridan namunalar, sahna ko`rinishlari namoyish etildi.

Ayniqsa, kechaning qiziqarli va mazmunli o`tishiga 9-V, 8-A, 7-A, B sinf o`quvchilaridan O`. Mirodillaeva, H. Erkinova, M. Abdulla-xanova, A. Muhammedov, B. Toshtemirovlar o`z hissalarini munosib qo`shdilar.

Yosh avlod ma'nan yetuk va barkamol ulg`ayishlarida ulug` shoirimiz betakror  me'rosi  oftob kabi porloq, dillarni yoritib tura-veradi.

O`g`ilxon Murodillayeva,

Namangan tumanidagi

21-umumta'lim maktabining

9-sinf o`quvchisi