NAFOSAT BAYRAMI

Har bir millatning o'z qadriyat, urf-odat va an'analari, qolaversa, o'ziga xos raqs san'ati bo'lgani kabi bizning ham betakror, nafosatga yo'g'rilgan milliy raqslarimiz jozibadorligi bilan ko'pgina xalqlarni lol qoldirgan. Namangan shahridagi "Barkamol avlod" bolalar markazida o'tkazilgan "Milliy raqslar" festival tanlovining shahar bosqichida ham ishtirokchilar raqslarimizning naqadar go'zalligini namoyish etdilar. 7 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan o'quvchi-yoshlar o'rtasida tashkil etilgan mazkur bellashuvda yakkaxon ijrochi hamda guruh ijrochilari yo'nalishlarida g'oliblar aniqlandi. Unga ko'ra yakkaxon ijrochilik yo'nalishida g'oliblik Namangan shahridagi 18-umumta'lim maktabi o'quvchisi Shodiya Oybekovaga nasib etgan bo'lsa, guruh ishtirokchilari yo'nalishida Namangan shahridagi 42-umumta'lim maktabining "To'maris" jamoasi g`olib deb topildi. Endi g'olib qatnashchilar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadilar.

Oydina AKRAMJONOVA,
Namangan shahridagi 21-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi