BAXTIYOR BOLALIK TARANNUMI

Adabiyotga mehr va ishtiyoqi o'zgacha bo'lgan Durdona Usmonova o'ziga hos iqtidor sohibasi. U Namangan tumanidagi 20-umumta'lim maktabining 7-sinfida barcha fanlardan a'lo baholarga o'qish bilan birga, turli mavzulardagi she'rlari respublika va viloyat nashrlarida muntazam chop etib kelinadi. Uning "Bahor", "Qaldirg'och", "Do'stlik", "Quyosh", kabi ijod namunalari "Sharq yulduzi", "Yoshlik", "Istiqlol" singari respublika hamda viloyatimiz gazeta va jurnallarida chop etilgan. Baxtli bolalik, nurli kelajakning beqiyos imkoniyatlarini qalb kechinmalari hamda gozal tashbehlar uyg'unligida tarannum etayotgan yosh iqtidor sohibasi 2016-yilda "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etib, respublika bosqichi g'olibi bo'ldi. Samimiy so'zlarga sirdosh Durdonaning ijodi bundan-da gullab-yashnashiga tilakdoshmiz.

 

SAYOHAT
Jahonlarni kezayotirman,
Men har kuni sayohatdaman.
Har daqiqa dunyo kezaman,
Ko'zlar degan chopqir otdaman.

Javonimda yotibdi olam,
Sarlavhasin qo'yibdi kitob.
Menga buyuk sayohatchi deb,
Havas bilan boqadi oftob.

Yevropa-chi kaftdek namoyon,
Quchog'imga sig'yapti bugun.
Afrikani tutar qo'llarim,
Hatto Nil ham emasdir uzun.

O'z muxbirimiz