Soliq bilimini o`rganamiz

Viloyat "Barkamol avlod" bolalar markazida Xalq ta'limi boshqarmasi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi hamkorligida "Soliq bilimlari - bolalarga" ko`rik-tanlovining viloyat bosqichi bo`lib o`tdi.
Unda 1 - 4-sinf o`quvchilari "Soliq mavzusining suratlardagi tasviri" hamda 5 - 9-sinf o`quvchilari "Soliq mavzusining hikoyalarda aks ettirilishi" mavzularida 27 nafar ishtirokchi ijodiy bellashdilar.
- Ko`rik-tanlovlarda ishtirok etish g`alabaga intilish emas, bilimlaringni sinovdan o`tkazish maydoni, - deydi tanlov ishtirokchisi, To`raqo`rg`on tumanidagi 1-umumta'lim maktabining 8-sinf o`quvchisi Ma'mura Qambaraliyeva. - Men o`z hikoyamda o`tmishda joriy etilgan soliq turlari, ularning ahamiyati va bugungi soliq turlarining iqtisodiyotimizdagi o`rni xususida fikrlarimni yoritdim.
Tanlov yakuniga ko`ra, Uchqo`rg`on tumanidagi 20-umumta'lim maktabining 4-sinf o`quvchisi Ruxshona Ergasheva hamda Chust tumanidagi 7-DIMIning 9-sinf o`quvchisi Havoxon Ergashaliyeva 1-o`rinni egalladilar va tanlovning respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdilar.

 

Oydina HUSAINOVA