MAFTUNKOR OLAMNI TASVIRLAYMAN

Ona tabiatning saxovati beqiyos. U bizdan o`z ne'matlarini ayamaydi. Kichik nihollar bo`y cho`zib, mo`l hosil beradi. Zilol suv har mavjudotga hayot ato etadi. Musaffo osmon va toza havodan bahra olib kamol topyapmiz. Ana shunday betakrorlik va maftunkor olam barchasi biz uchun. Lekin ayrim hollarda ona tabiatimizni ranjitib, ekologiyaga nomunosib munosabatda bo`lamiz.
Tumanimizdagi "Barkamol avlod" bolalar markazining "Fotodizayn" to`garagi mashg`ulotlariga muntazam qatna-shaman. Ustozimiz Nodira Razzoqovadan suratga olish sir-asrorlarini o`rganyapman. "Bolalar ijodiyoti" festivallari hamda "Sog`lom turmush tarzi tarafdorimiz" respublika tanlovida ijodiy ishlarim munosib e'tirof etilgan. Quvonarlisi, yaqindagina "Ekologiya bolalar nigohida" respublika ekofestivalida "Tutqunlik isyoni", "Oyoq ostida ham hayot mavjud", "Tabiat mo`jizasi", "Suv qadrini qaydan bilsin?!" mavzularidagi fotosuratlarim 2-o`ringa munosib ko`rildi. Kelajakda fotomuxbir bo`lishni niyat qilganman.

Asadbek ABDULLAYEV,
To`raqo`rg`on tumanidagi 2-umumta'lim maktabining 7-sinf o`quvchisi