ONAM - MEHR QUYOSHI

 

Bu dunyoda eng aziz inson,

u onadir, u ona.

Bir she'rda shunday misralarni o`qigan-dim. Darhaqiqat, onalar ulug` va mo`'tabar. Zotan, ular bizni dunyoga keltirib, oq yuvib-oq tarab ulg`aytiradilar.

Mendan ham "Dunyoda eng aziz inson kim?" deb so`rasalar "Mening onam" der edim baralla.

Onajonimning munis chehralarida ajib fazilatlar balqib turadi. U kishi mehribon, jonsarak, kamolimiz, iqbolimiz yo`lida doi-mo joni xalak.

Shu bois onajonimni ummonga mengzagim keladi. Chunki u kishining mehr buloqlaridan qanchalar bahra olmaylik, sira kamaymaydi, yanada jo`-shib, to`lib-toshib boraveradi.

Onamni quyoshga o`xshataman.

Oftob o`z shu'lalari bilan butun borliq-ni nurafshon etsa, iliqlik baxsh etsa, onamning mehri shuurimizga taft berib, qalbimizni ziyoga chulg`aydi.

Onalarni yana buyuk murabbiy-ustoz degim keladi. Boisi ular bizga yaxshi tarbiya berib, ezgulikka undaydilar. Yon-lariga olib, turli yumushlarni qanday baja-rishni, uyimizni saranjom-sarishta tu-tishni o`rgatadilar.

Ustozlar esa ilm-fan o`rgatib, komillik sari yetaklaydilar.

Darvoqe, men ta'lim oladigan ilm dargohida onam kabi mehribon, g`amxo`r ustozlarimiz ko`p. Direktorimiz Gulmira Qo`shmonova, ona tili va ada-biyoti fani o`qituvchimiz Dilorom Buva-boyeva, sinf rahbarimiz Yulduz Sarim-soqova, ingliz tili fani muallimamiz An-zirat Tursunova ... eh-he, ularning yana ko`plarini nomma-nom aytish mumkin. Ular bizga saboq o`rgatishar ekan, buyuk qalb egasi ekanlarini kashf etgandek bo`laman.

Butun O`zbekiston o`g`il-qizlarining, barcha maktablardagi tengdoshlarimning ustozlari ham shunday bo`lsa kerak: mehribon, suyukli, aziz.

Shundan bizlar baxtiyor va shodmiz, ko`zlarimiz quvonchdan porlaydi.

Bayramingiz muborak bo`lsin, mehr quyoshi - aziz onajon, onajonlar.

Baxtimizga doimo omon bo`ling, sog` bo`ling!

 

Ruxsora TOLIBJONOVA, Chortoq shahridagi 5-DIMIning 6-sinf o`quvchisi