Vloyatimiz terma jamoasining, ayniqsa, voleybol bo‘yicha musobaqalardagi muvaffaqiyati e’tirofga loyiq. Qoraqalpog‘istonda shu yilning 2 - 8-may kunlari 2004 - 2005-yillarda tug‘ilgan o‘smir-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mamlakat birinchiligida voleybolchi o‘quvchilarimiz an’anani davom ettirdilar.
Murabbiy, sohada katta tajribaga ega Ilhomjon Turdiyev ko‘rsatmalari asosida har bir bahsni faqat va faqat g‘alabani ko‘zlab, qizg‘in kurashlar bilan o‘tkazishgani o‘z samarasini berdi.
Viloyatimiz shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktablarining umidli o‘quvchilaridan tarkib topgan terma jamoa qizlari barcha hududlardan kelgan tengdoshlaridan ustun kelib, O‘zbekiston chempionati bahslarida shohsupani zabt etdilar.
Asmonur REJABBOYEVA