Ilm maskanimda barcha fanlar qiziqarli tarzda olib borilishi menga juda yoqadi. Ayniqsa, jismoniy tarbiya fanidagi “Quvnoq startlar” bizni chiniqtiradi, sog‘lom raqobat bilan bellashishimizga turtki bo‘ladi. Yaqinda maktabimizda 4-“A” hamda 4-“B” sinf o‘quvchilari o‘rtasida ana shunday qiziqarli bellashuv tashkil etildi. Unda tengdoshlarimiz bir-biridan qiziqarli 5 ta shart bo‘yicha bahs olib bordilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblik 4-“A” sinf o‘quvchilariga nasib etdi. Epchillik, chaqqonlik va tezkorlik bahsi barchamizga manzur bo‘ldi.
Imronbek RASHIDOV,
Namangan shahridagi 46-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi