Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Namanganlik o‘quvchi jahon chempioni bo‘ldi

Toshkentda Jismoniy tarbiya va sportni vazirligi hamda O‘zbekiston Universal jang federatsiyasi hamkorligida universal jang bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Quvonar­lisi, dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 700 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan bellashuvda Namangan shahridagi 14-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Maftuna Karimjonova 48 kg. vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Maftuna chempion bo‘lish bilan bir qatorda oliy ta’lim muasssasasiga muddatidan avval kirish imtiyozini ham qo‘lga kiritdi.


Isroil YUSUPOV