Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Kundalik

Yoz oylari Chikagoga dam olish­ga ketishdan avval yerto‘ladagi kutubxonamizdan 1 - 2 ta qiziqarli kitoblarni olvolish fikri keldi. Anna bilan buvimning kitoblarini birma-bir ko‘zdan kechirar ekanmiz, taxta sandiqda tartiblab olib qo‘yilgan bir nechta daftarlarga ko‘zimiz tushdi. Bularni qara, - de­dim qiziquv­chanlik bilan. Anna ham daftar ichiga yopishtirilgan rasmlar, chizilgan gullar va yana tushunarsiz tasvarlarga qiziqib qoldi. Kitoblar qolib, daftarni o‘qiy boshladik. Unda buvimning 8 yoshlik paytlari yozilgan edi.

- Bugun maktabda o‘zim uchun mo‘jiza kashf etdim. Maqsadlarni qog‘ozga tushirish kerakligi va ular, albatta, amalga oshishini ko‘rsatilgan kitob o‘qidim.  Mariya mening qahramonimga aylandi. U qiyinchiliklarga qaramay o‘z maqsadlari yo‘lida tinimsiz, o‘qidi, izlandi. Mening ham ana shunday katta maqsadlarim bor. Demak, faqat o‘qishim, bo‘sh vaqtimni mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qarati­shim kerak (2-dekabr Angliya).

-    Hayotimdagi ilk yutuqni qo‘lga kiritdim. Intilishlarim samara beryapti. (7-iyun Los-Andjelis).

Xullas, daftarda qaysi sanada nimalar ro‘y bergani, buvimning boshidan kechirganlari batafsil va juda qiziqarli bayon etilgandi. Shuncha yil o‘tsa ham ularni yangi holida saqlagan buvimning xotiralaridan o‘zimizga ibrat oldik. Ko‘p narsalar o‘rgandik.

Endi bizning ham katta maqsadlarimizni yozib boradigan kundaligimiz bor.

Dilnoza KOMILJONOVA,

Norin tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi


Isroil YUSUPOV