Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Ubuntu

Kunlardan bir kuni yevropalik antropolog Afrikadagi qabilalardan birining bolalariga o‘yin o‘ynashni taklif qildi. U savatni turli xil mevalar bilan to‘ldirib, daraxt soyasiga qo‘yadi va bolalarga kim birinchi bo‘lib chopib kelsa, meva to‘la savat o‘shaniki bo‘lishini aytadi.

Antropolog yugurishga start beradi va bolalarga qarab hayron qoladi. Bolalar hammalari qo‘l ushlashib, bir safda kelardilar. Ular barchasi g‘olib bo‘lgan va mevalarni teng bo‘lishib olganlar.

Yevropalik antropolog bolalarga qarab:

— Axir kim birinchi bo‘lib kelsa, barcha mevalarga ega chiqardi, nega bunday qildinglar? — deb savol beradi.

Shunda bolakaylar bir ovozdan jo‘r bo‘lishib, “Ubuntu”  deydilar.

Bu so‘zning ma’nosi “Boshqalar baxtsiz bo‘lganda, sen yolg‘iz qanaqa baxtli bo‘lishing mumkin?”, deganidir.


Isroil YUSUPOV