Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Workout bilan sportga oshnolik

Aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” sportini bugun keng miqyosda rivojlantirib kelinmoqda. Ayni paytda viloyatimizdagi 788 ta mahallarning  756 tasida  sport maydonlari jumladan, 655 ta “Workout”, 15 ta 97.5 km. masofaga ega bo‘lgan “Salomatlik yo‘laklari” va “Velosport yo‘laklari”, 59 ta “Stritbol”, 17 ta mini-futbol va 10 ta “Badminton” maydonlari tashkil etilgan.

Ayniqsa, yozgi ta’til vaqtida “Workout”lar har doimgidan gavjum. O‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazishga qaratilgan bunday sport maydonchalari o‘quvchilar ixtiyorida.

Maxsus maydonchalar salomatlik garovi bo‘libgina qolmay, yangi o‘quv yili uchun kuch, ko‘tarinki kayfiyat, sportga ishtiyoq vazifasini ham o‘tamoqda.


Isroil YUSUPOV