Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan “Ta’til – barkamol bilan” turkum tanlov va musobaqalar doirasidagi “Yosh sportchilar” shiori ostidagi bahslarning mamlakat bosqichi Andijon viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar sportda ham yuksak mahorat sohibi ekanliklarini amalda namoyon etdilar. Barcha viloyatlarning mutlaq g‘olib jamoalari o‘rtasidagi mini-futbol bahslari murosasiz kechdi.
”Barkamol avlod kubogi” shiori ostidagi mini-futbol musobaqasida viloyatimiz vakillari yaqqol ustunlikka erishdilar. Kosonsoy tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
G‘oliblar tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tantanali tarzda munosib kutib olinib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Chamanoy ISROILOVA,
viloyat BABM ommaviy tadbirlar bo‘limi rahbari