Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyo bolalari” VII xalqaro sport o‘yinlarida 174 nafar hamyurtlarimiz sportning 17 turi bo‘yicha kuch sinashdilar. Quvonarlisi, Norin tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida 4 yildan buyon erkin kurash bo‘yicha muntazam shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchi Sanjarbek Anvarbekov “Osiyo bolalari” xalqaro musobaqasida erkin kurash bo‘yicha barcha raqiblarini yengib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Osiyo bolalari” o‘yinlari Osiyo Olimpiya Kengashi tashabbusi bilan har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Kelajagi nurli, aniq maqsad sari odimlayotgan yoshlarimizning yutuqlari bardavom bo‘lsin.
Naziraxon OMONOVA,
Norin tumanidagi 1-umumta’lim maktabining o‘qituvchisi