12 – 14-avgust kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha “SULAYMONTEAM” xalqaro bahslarida O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlari jamoalari g‘oliblik uchun maydonga chiqdilar.
Murosasiz kechgan bahslarda Namangan shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining KARATE WKF to‘garagi a’zosi bo‘lgan 6 nafar yosh sportchi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Namangan shahridagi 31-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ahror Turg‘unpo‘latov 1-o‘rinni, Davlatobod tumanidagi 49-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Alisher Obidov 2-o‘rinni, Namangan shahridagi 7-DIUM o‘quvchilari Umida Azizova, Afruza Azizova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
8 - 9 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida jamoa kumite bahslarida Namangan shahridagi 70-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Abdulahad G‘aybullayev, 7-maktab o‘quvchisi Muhammad-Karim Rahimov, 45-maktab o‘quvchisi Oybek Mashrabboyev, 31-maktab o‘quvchisi Ahror Turg‘unpo‘latov 3-o‘rinni egalladilar.
Umarxon INAMOV,
Maskanning madaniy ishlar tashkilotchisi