Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Zukkolar bahsi

1. Hindu xalqlarining miflarida panjalarini bir-biriga ishqalaydigan pashsha haqida gap boradi. Xuddi shu  ibora qadimgi yunon afsonalarida kimga nisbatan aytilgan?

2. XIX asrning oxirida  farzandlari bilan London bo‘ylab sayr qilgan Xanna ba’zan o‘tkinchi odamlarning yuz ifodalari va harakatlarini ko‘rsatib berish orqali ularni xursand qilardi. Xannaning familiyasini toping.

3. Nemis kimyogari Gans Tropish va Frants Fisher 1924- yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqyosida olishning yangi usulini ochdilar. Nimaning?

4. Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat  tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi. Bu qaysi inventar?

5. Rasmdagi dekoratsiya qay­si film uchun ishlangan?

Aziz oʻquvchilar!

Bu galgi viktorina savollariga birinchi boʻlib, togʻri javob yoʻllagan gʻolib smart soat bilan taqdirlanadi. Javoblarni +99894 270 10 70 telegram raqamiga yubo­rishni va albatta ism-familiyangiz, tuman, shahar, maktabingiz raqami va sinfingizni yozishni unutmang.  


Isroil YUSUPOV