“Bolalarning har biri o‘ziga yarasha iqtidor egasi bo‘ladi”, deb doimo takrorlaydilar ustozim. Ayniqsa, 6-sinflardagi sportga qiziqadigan tengdoshlarim intilishlarida buni o‘zim ham yaqqol ko‘raman.
Ular orasida Abbosbek Boboxonov, Akmal Abdullayev kabi bir necha marotaba Buxoro, Toshkent, Samarqandda bo‘lgan ochiq chempionatlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorlar bor. Ular kikboks hamda Muaytay MMA sport turi bilan muntazam shug‘ullanishadi.
Bizdan kichik sinfda tahsil oladigan Abubakr Ahmadxonov ham juda abjir va chaqqon. U ham muaytay sport turi bilan shug‘ullanib, yuqori marralarni egallagan. Eng muhimi, barchamiz sog‘lom va intiluvchanmiz. Sportdagi doimiy yutuqlarimiz, fanlarni puxta o‘zlashtirishimizda ham asqotyapti. Bizning maqsadimiz esa maktabimizning sportchilar terma jamoasini tashkil etish va bundanda yuqori marralani egallash.
Ibrohim ABDUHALILOV,
Yangi Namangan tumanidagi 68-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi