Hovlimizda bir tup olma daraxti bor. Uning shohlari mening xonam derazalariga juda yaqin. Bir kuni olma daraxti ustida quvnab, shoxdan-shoxga ko‘chib yurgan olmaxonni ko‘rib qoldim. Derazam tokchasiga turli don-dun, mevalar qo‘ydim, darmon bo‘lsin, dedim, o‘zimga o‘rgata boshladim. Ancha qadrdon bo‘lib ham qoldik. Kunlarning birida men bu haqda bobomga aytib berdim. Qo‘llaridan tutib, xonamga boshladim. Payt poylab, olmaxonchamning keladigan vaqtini kutdik. Nihoyat u keldi. Bobom ham uning quvnoqligi, chiroyliligini ko‘rib bir sevingan bo‘lsalar u bilan do‘st bo‘lganimdan juda hursand bo‘ldilar.
Mehrinoz TOHIRJONOVA,
Davlatobod tumanidagi 92-umumta’lim maktabining 5 “A” -sinf o‘quvchisi