Ajib o‘tgan zamonda, Surxon degan tomonda, ajoyib bir shaharcha bor ekan. U yerni ko‘pchilik gullar shahri der ekan, chunki oddiy aholisidan tortib to buyuk fuzalo va amirlar, hattoki o‘sha yurtning podshosi ham gullarni yoqtirar ekan. Podshoning eng sevimli guli bu atirgul bo‘lib, o‘zining ko‘shki saroylari, dam olish maskanlari va ov-shikor uchun tanlagan o‘rmonlari oldidagi turar joylariga turfa gullardan ektirgan ekan.
Podshoh o‘zining eng sevimli gulini sakkiz yoshligida mehribon onasi bilan o‘tqazgan ekan. Gullarni parvarish qilish, ularga g‘amxo‘rlikni hech kimga ishonmas ekan.
Bunday holatlar vazirlarning g‘azabini keltiribdi va birgalikda o‘ylashib gullar haqidagi kitoblarni qidirib tikonlari zaharli ammo o‘zi dunyoda tanho gulni mamlakatga olib kelishibdi. Buni bilmagan podshoh o‘sha gulga e’tibor qaratibdi. Biroz vaqt o‘tib, gulning zahri uning butun tanasiga tarqalib, yotib qolibdi. Olis yurtdan kelgan tabib unga faqat o‘zining gulidan tayyorlangan guldan giyoh tayyorlab ichiribdi. Tez orada podshoh tuzalib ketibdi. Endi u butun mamalaktni atirgullar bilan bezabdi.
Madina ISMONJONOVA,
Chortoq tumanidagi 31-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi