Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Jahon arenalarida

Yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish, jahon maydonlarida davlatimiz madhiyasi baralla yangrashiga hissa qo‘shish eng ulug‘ orzuyim.

Yurtimizda biz yoshlarga bu borada yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, bu yo‘lda astoydil intilyapman.

Yozgi ta’tilda  Bolgariyaning Sofiya shahridagi taekvando WTF  bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslarida 42 kg. vaznda qatnashib, bronza medalini qo‘lga kiritdim.

Hozirga qadar respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan 50 dan ziyod tanlovlarda yuqori marralarni zabt etib kelayapman.

Kelajakda jahon maydonlarida oltin medallarni qo‘lga kititib, ozod diyorimiz nomi va shanini dunyoga taratmoqchiman.

Gulshanoy ISMOILOVA,

Chust tumanidagi 67-umumta’lim maktabi­ning 9-sinf o‘quvchisi


Isroil YUSUPOV