Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

O‘rmon podshohi

Yangi yil arafasida  Afrika yaqinidagi qalin o‘rmonda  hayvonlar  o‘zlariga podshoh tanla­moqchi  bo‘lishibdi. Shermi yoki  yo‘lbars u ham bo‘lmasa Gepard, deb o‘ylabdi o‘rmon jonzotlari. Shu payt  yo‘lbars sahnaga chiqibdi-yu,  qoidalarni o‘qiy boshlabdi.

- Men qirol bo‘lsam agar, charchoq  nima  bilmaysiz, tunu-kun mehnat qilib  tinmaysiz. Yo‘lbars o‘z so‘zini tugatib, sahnadan tushibdi.

Shundan so‘ng Gepard o‘z talablarini aytibdi. “Men qirol bo‘lsam agar, tunu-kun poyga bo‘lar, poygada qatnashmagan shu onda jazolanar”, - debdi bo‘ynini cho‘zib.

Sher minbarga chiqibdi va o‘zi yaratgan qoidalarni o‘qiy boshlabdi. “Men qirol bo‘lgan  joy hamisha  tinch bo‘ladi. Hamma to‘q va faravon yashaydi”.

Bu qoida hammaga ma’qul kelibdi. O‘sha yangi yildan buyon o‘rmon podshohi sher bo‘lib qolgan ekan.

Hilola FAZLIDDINOVA,

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 51-umumta’lim maktabinig 3-sinf o‘quvchisi


Isroil YUSUPOV