Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida davlatobodlik Firdavsbek Ibragimov sportning yengil atletika yo‘nalishining batutda sakrash turi hamda Serdan Shodiyev trampolindan sakrash turi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medal sohibi bo‘lgan edi.
Tuman hokimi Anvarjon Tojimirzayev yosh chempionlarni tabriklash uchun ular tahsil olayotgan 52 hamda 58-maktablarda bo‘ldi.
Sovrindorlar tantanali ravishda muborakbod etilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, chempionlardan biri Firdavs Ibragimov shu kunga qadar ushbu sport turi bo‘yicha 4 karra O‘zbekiston, 1 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.