Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Toʻgʻri yoʻl

Alyora va Gulyora maktabdan qaytayotganda oldilaridan quduq chiqib qolibdi. Qish fasli boʻlgani uchun quduq ogʻzi muz­lab qolgan ekan. Ular yaltiroq muzda sirpanmoqchi boʻlishibdi. Shu payt kutilmaganda quduqdan kuchli “qah-qaha” ovozi eshi­tilibdi va uzun oq soqolli, koʻzlari shisha misoli yaltiroq, hassasi ham faqat muzdan iborat bir chol paydo boʻlibdi-da, Alyora va Gulyorani quduq ichiga olib kirib ketibdi.

Qizlar ne koʻz bilan qarashsaki, butunlay boshqa olamga kirib qolishibdi.U yerda oʻzlari singari muzda uchgan, qor, muz yeb kasallangan, oqibatda darslardan orqada qolgan, tengdoshlari ichida oʻzlashtirishda passiv oʻquvchilarga aylangan bolalar yigʻilgan ekan. U bolalar koʻp dars qoldiraverganidan hatto harflarni tani­mas, hisob-kitobda, umuman, uquvi yoʻq, immunitetlari zaif­ligidan xotiralari pastlab bir-birlarini ismlarini ham eslab qolisha olmas ekan.

 Alyora va Gulyora bu holatni koʻrib juda qoʻrqib ketishibdi. Chunki ular sinfda eng a’lochi oʻquvchilar ekanda. Sovuq havoda oʻzini ehtiyot qilish kerakligini, qishda ortiqcha sovuqda yurmaslikni, qor, muz yemaslikni tushunib yetishibdi. Ular aslo ikkichi oʻquvchiga aylanib qolishni istashmabdi. Darrov sehrgar bobo oldiga borib qilgan xatolarini tushunib yetganlarini, qaytib xato qilmasliklarini aytib, quduq yuziga chiqarib qoʻyishini iltimos qi­lishibdi.

Sehrgar bobo qizchalarning xatolari qanday oqibatlarga olib kelishini tushunib yetganlari uchun quduq yuziga olib chiqib qoʻ­yibdi. Alyora va Gulyora bu voqeani barcha oʻrtoqlariga gapirib berishibdi. Shundan buyon barcha bolalar sogʻliqlarini saqlash oʻz qoʻllarida ekanligini, kasal boʻlishsa oilasi va kelajagiga zarar boʻlishini anglab yetishibdi.  

Rasuljon JUMABOYEV,

Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 28-maktabning 4-sinf  oʻquvchisi


Isroil YUSUPOV