Namangan shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Hikmatilla Xudayberdiyev bir vaqtning o‘zida AQSH, Shveytsariya va yurtimizning nufuzli 18 ta oliygohi talabaligiga qabul qilinib, 1.317600 AQSH dollari miqdoridagi grand sohibi bo‘ldi. Xususan, Franklin university Switzerland, Mary Baldwin University, Colorado state university, Augustana university, Milwaukee School of engineering, British management university, shular jumlasidandir. Ayni paytda ko‘plab oliygohlar talabasiga aylangan o‘quvchi o‘zining tirishqoqligi va izlanuvchanligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, u matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha 1310 ball to‘plagan holda xalqaro SAT sertifikatini ham qo‘lga kiritdi va xalqaro oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘ldi.