Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

Fevral

Tabiatning injiqliklariga chidamli boʻlgan Fev­ral bu gal har doimgidan oʻzgacharoq kelishni oʻylabdi. Yanvar yakun topishi bilan xuddi bahorday quyosh bilan tabiatni erkalayman, deya oʻzicha ahd qilibdi.

Birdan quyoshli kunlarga koʻnikmagan daraxt­lar bu holdan biroz oʻngʻaysizlanibdilar. Ayrim daraxtlar ertaroq uygʻonishiga toʻgʻri kelibdi. Shoshqaloqlari goʻzallik uchun kurtak yozib, gullab ham olibdilar. Fevral oʻzidagi sovuq va izgʻirinni qayerga qoʻyishni bilmay oʻylanib qolibdi. Qarasa, hamma joyda bahor boshlanib ketgan ekan. U tavakkal qilib, yana daraxtlar va maysalarga zarar keltirib qoʻyishdan qoʻrqibdi. Oʻsha yili fevral oʻzining qilgan ishidan biroz afsus chekibdi. Chunki hamma ishning oʻz vaqti bor ekan. Endi u dastlabki 15 kunda sovuqroq, keyingi kunlarda esa iliqroq.

Malika QODIROVA,

Uchqoʻrgʻon tumanidagi 2-umumta’lim maktabining 6-sinf oʻquvchisi


Isroil YUSUPOV