Bahorning ilk kunlaridan biri edi. Koʻklamda hammamiz bilgan oʻyinlar koʻp. Kunlarning birida Azizbek oʻrtoqlari bilan birga mazza qilib oʻynashdi. Varraklar yasashdi. Musobaqalar uyushtirishdi. Qizlar esa koʻk somsalar, chuchvaralar qilishdi. Bolalar yam-yashil oʻtlar ustida quvonib, xursand boʻlib oʻynayotgan bir paytda Azizbekning bobosi Abdulatif ota chaqirib qoldi. Azizbek noiloj bobosining oldiga bordi. Bobosi bilan birga ish qilishdi. Shunda Azizbek bobosiga qaradida:
- Bobo, nega ish qilayotganimizda vaqt sekin oʻtgandek tuyuladi-yu, doʻstlarim bilan oʻynayotganimda juda tez oʻtadi? Barcha oʻyinlarga vaqtimiz yetmay qoladi - deb soʻradi.
Shunda bobo nabirasiga qaradi-da javob berdi:
- Eh, bolam, ish qilayotganingda oʻzing qilasan vaqt oʻtayotganini bilasan. Doʻstlaring bilan oʻynayotganingda esa vaqt oʻtgani bilinmaydi. Vaqt oqar daryodir, bolam, vaqtni toʻxtatib boʻlmaydi. Undan unumli foydalanishni, faqat hamma vaqtingni doʻstlaring bilan oʻyin-kulguga sarf etmay, balki bilim olishing kerak. Bu begʻubor bolalik davring hech qachon qaytib kelmaydi, - deya ta`kidladi.
Shunda Azizbek biroz oʻylanib turdi-da:
Toʻgʻri aytasiz, bobojon, hamma narsani tushdim, aytganingizga kiraman nafaqat vaqtimni oʻyin-kulgu bilan, balki bilim olish bilan ham oʻtkazaman, - dedi.
Oradan yillar oʻtdi. Azizbek ulgʻayib, oʻzi sevgan kasbni egalladi. Hamma uni hurmat qilar.ardoqlar edi. Azizbek hayotda qandaydir muvaffaqiyatga erishsa bobosi yodiga tushadi.
Muattar TURGʻUNOVA,
Namangan shahridagi 88-umumta`lim maktabining 9-“B” sinf oʻquvchisi