Ayiqvoy bir kuni oʻrmonda aylanib yurgan edi, yigʻlab oʻtirgan quyonchani koʻrib qoldi. Quyonchadan: “Nega yigʻlayapsan?” - deb soʻradi.
Quyon esa “Kuz fasli kelyapti, meni esa uyim yoʻq”, - dedi.
Shunda ayiq uy qurishda unga yordam berishini aytdi. Ular birgalikda quyonchaga uycha qurishibdi. Quyoncha ayiqvoyga rahmat aytibdi. Ular doʻst boʻlib qolamiz, deb va’dalashibdilar.
Kunlar oʻtib, qish fasli kelibdi. Quyoncha issiqqina uychasida qishni ham oʻtkazibdi. Ayiqvoy quyonchanikiga mehmonga kelib turar ekan. Ular uzoq vaqt ahil va inoq doʻst boʻlib qolishibdi.
Dilsoʻzxon MAMATXOLILOVA,
Mingbuloq tumanidagi 15-maktabning 1-sinf o‘quvchisi