Bolalar bizning kelajagimiz

Bolalar bilan olam yorqin

FAXRLI OʻRINLAR QOʻLGA KIRITILDI

Joriy yilning 22 – 23-iyun kunlari Qirgʻizistonning Issiqkoʻl shahridagi “Solemar Arena”da  sportning  karate WKF turi boʻyicha bolalar, oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida “Pearl of Kyrgyzstan” VII xalqaro sport festivali doirasidagi  musobaqa boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, 3 mingga yaqin medallar jamlanmasi va 150 ta chempionlik kamarlari oʻynalgan xalqaro musobaqaning  8 – 9 yosh toifasidagi kumite bahslarida Namangan shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining ikki nafar toʻgarak a’zolari – Firdavs Kariyev -25 kg. vaznda  2-, Shohjahon Tohirov -30 kg.  vaznda 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Umarxon INOMOV,

madaniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchisi


Isroil YUSUPOV