Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida para pauerlifting boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon chempionati boʻldi. Unda ishtirok etgan 7 nafar o‘zbekistonlik sportchimizning barchasi sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Quvonarlisi, ular orasida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 3-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Umidjon Arzimatov erkaklar o‘rtasida -72 kg. vazn toifasida 110 kg. natija qayd etib, oltin medal sohibiga aylandi.
Mardonbek ESONBOYEV